Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tinglandi

photo 2026 08 26 13 30 38 3

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi.

Hisobotga ko‘ra, 224 nafar xodimning yillik deklaratsiyalari tahlil qilinib, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmagan. Shuningdek, 14 ta davlat xaridi shartnomasi bo‘yicha kontragentlar tekshirilib, korrupsiyaga oid holatlar qayd etilmagan. Shuningdek, boshqa yo'nalishlardagi faoliyat yuzasidan ma'lumot berildi.

🛡Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ochiqlikni ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.