Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Tarix muzeyi
Tarix muzeyi

Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyi Toshkentning eng chiroyli binolaridan birida — 1970-yilda proletariat yetakchisi Vladimir Leninning 100 yilligi munosabati bilan ochilgan sobiq Lenin muzeyida joylashgan.

Noyob binoning mualliflari — Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureatlari: meʼmorlar Ye. Rozanov, V. Shestopalov, konstruktorlar V. Krichevskiy, I. Lentochkin, hammuallif — meʼmor Yu. Boldыchev; muhandis T. Melik-Arakelyan.

«SSSR meʼmorchiligi» jurnalining 1972-yil 7-sonida shunday yozilgan:

«V. I. Lenin muzeyi binosi Toshkentda shaharning ikki markaziy maydonini goʻyo birlashtirgandek boʻlib, uning shaharsozlikdagi muhim ahamiyatini belgilaydi. Yetakchiga bagʻishlangan meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylaridan biriga, uning ramziga aylandi. Har tomondan ochiq markaziy kompozitsiya nafaqat yangi maydonlarni birlashtirdi, balki qoʻshni tumanlarni yangi mafkuraviy mazmun bilan toʻldirilgan yaxlit makonga bogʻlab berdi.

Binoning oliy maqsadi va monumental tabiati bu yerda ham oddiy, lakonik hajm-rejalashtirish yechimida oʻz ifodasini topdi. Kvadratga yaqin reja (56×50 m), nisbatan past balandlik (22,5 m), markazdagi asosiy zal va uning atrofida joylashgan ekspozitsiya binoning aniq markaziy kompozitsiyasini oldindan belgilab berdi.»

Mutaxassislar oq rangli quyoshdan himoya panjaralarida milliy naqshdan muvaffaqiyatli foydalanilganini va binoning oʻzining muzey ekspozitsiyasining asosiy qismi ekanligini taʼkidlaydilar.

Eslatib oʻtamiz: tarix muzeyi 1876-yil 12-iyulda Moskva tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya ixlosmandlari jamiyatining Turkiston boʻlimi aʼzolari — olimlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1919-yil fevralidan boshlab u Turkiston Davlat muzeyi deb atala boshladi. XX asr davomida muzey bir necha bor nomini va joylashuvini oʻzgartirdi va nihoyat 1992-yilda mana shu chiroyli binoga ega boʻldi.

Muzey fondida 250 mingga yaqin eksponat saqlanmoqda, jumladan 60 mingga yaqin arxeologik, 80 mingdan ortiq numizmatik va 16 ming etnografik buyum — ular ilk ibtidoiy jamiyat davridan bugungi kungacha boʻlgan oʻzbek tarixini aks ettiradi. Faqat kichik qismi namoyish etiladi. Toʻrt qavatli binoning birinchi qavatida galereya joylashgan boʻlib, u yerda turli mavzulardagi zamonaviy koʻrgazmalar muntazam oʻtkazib turiladi. Ikkinchi qavatda qadimgi davrlardan Temuriylar davrigacha boʻlgan Oʻzbekiston tarixi, uchinchi qavatda Xiva, Qoʻqon xonliklari va Buxoro amirligi davri, toʻrtinchi qavatda esa XIX–XXI asrlar — eng yangi tarix eksponatlari jamlangan.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Vestminster universiteti
Vestminster universiteti

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

P. Benkov nomidagi Respublika badiiy kolleji
P. Benkov nomidagi Respublika badiiy kolleji

Oq rangli, sodda, lekin juda ifodali kollej binosi 1984-yilda tepalikda meʼmor R. Xayrutdinov va mu...

Chaqardagi Azlarxon (Azizlarxon) Eshon masjidi
Chaqardagi Azlarxon (Azizlarxon) Eshon masjidi

To‘qsariq gumbazi uzoqdan ko‘rinib turadigan bu masjid ilk bor 1953 yilda I.F. Borodina tomonidan t...

Yo‘qolgan qal’aning darvozolari
Yo‘qolgan qal’aning darvozolari

1865 yilda Anhorning chap sohilida, Qaytmas darvozasi yaqinida harbiy qal’a qurilgan. Baland yer u...