- Toshkentdan gapiramiz
- 03.07.2026, 17:21
Yakkasaroy tumani, “BETER BEST” MCHJ qurilish obyektida yuzaga kelgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur hududdagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan texnik nosozlik oqibatida quvurga shikast yetgan. Natijada yer qoplamasining qisman cho‘kishi va o‘pirilishi kuzatilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Ayni vaqtda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Voqea joyida Shahar masʼul mutassadilari, tegishli kommunal xizmatlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tezkor o‘rganish va tiklash ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanib, nosozlikni bartaraf etish, hududni xavfsiz holatga keltirish hamda bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish ishlari yakunlangach, jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...