- Toshkentdan gapiramiz
- 27.08.2026, 16:56
Sergeli tumanida maktab direktorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi
25-avgust kuni Sergeli tumani Vaziyatlar markazida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari Alisher Dusmuxamedov va Durdona Raximovalar boshchiligida umumta’lim maktablari direktorlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Sergeli tumani hokimi, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar organlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi:
🔹 Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan "Toshkent Ta’lim SI" platformasi: Tizimga o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish, dars jadvallarini to‘g‘ri kiritish va yuritish, shuningdek, yuzni aniqlash (Face ID) tizimi va davomat nazorati uzluksiz ishlashi uchun fotosuratlarni belgilangan texnik standartlar bo‘yicha yuklash;
🔹 Davomat va kameralashtirish: Videokameralar hamda texnologiyalar yordamida o‘quvchilar davomatini raqamli nazorat qilish;
🔹 Profilaktika va nazorat: Ichki nazoratdagi hamda darslarni surunkali qoldiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mas’ullar tomonidan nazoratni yanada kuchaytirish.
Seminar maktablarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda intizom va shaffoflikni oshirishga qaratildi.

Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari!Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqeadan xavotirda ekaningizni tushunamiz...

Bugun Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o'tamiz, bugun — 4 sentyabr kuni Xalq qabulxonasida Toshkent s...
Toshkent shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslar harakatini tezkor va barqaror tashkil etish maqsadid...

🏢Bugun Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta’lim maktabi yangicha qiyofada o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Makt...