Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Tashqi reklamani joylashtirish tartibi soddalashtirildi: firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi

📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktyabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish tartibiga tadbirkorlar uchun qulaylik yaratuvchi bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

🟢Qarorda qanday yangiliklar nazarda tutilgan?

▫️Peshlavhalar uchun pasport talab etilmaydi.
Tadbirkor o‘zi foydalanayotgan bino yoki inshootning tashqi qismiga, kirish joyiga o‘rnatgan firma nomi, tovar belgisi va faoliyat turi haqidagi peshlavha tashqi reklama hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun: reklama obyektiga e’tiborni jalb qilish, unga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish yoki qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot – reklama hisoblanadi.

▫️Avtotransportda reklama joylashtirish osonlashtirildi.
Yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli transport vositalariga tovar belgisi, faoliyati, mahsulot va xizmatlari haqidagi reklamani soddalashtirilgan tartibda joylashtirishi mumkin. Buning uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron xabarnoma yuboriladi.

▫️Vaqtinchalik reklama muddatlari belgilandi.
Qurilish obyektlarida reklama qurilish yakunlanguniga qadar, bayram va tadbirlarga oid reklamalar esa 30 kungacha joylashtirilishi mumkin.

▫️“Dizayn-kod”ga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.
O‘zgartirishlar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi va rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Toshkent shahrining “dizayn-kodi” 10-dekabrga qadar tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

▫️Reklama konstruksiyalarini majburiy demontaj qilish tartibi aniqlashtirildi.
Demontaj sanasi va vaqti kamida 2 kun oldin e’lon qilinadi hamda mulkdorga yozma xabar beriladi. Demontaj faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi. Jarayon bo‘yicha reklama egasi ishtirokida tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

🖥Shuningdek, tashqi reklamalarning joylashtirilishi ustidan jamoatchilik nazorati “Xalq nazorati” elektron portali orqali amalga oshiriladi.

📄Qarorning to'liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkentdagi bozor va savdo komplekslari hamda ularning mol-mulki xatlovdan ötkaziladi
22.10.2026, 10:47
Toşkentdagi bozor va savdo komplekslari hamda ular...

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash
22.10.2026, 10:41
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Tosh...

 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirko...

Toşkent şahar hokimi Oppenheimer & Co. vakili bilan uçraşdi
22.10.2026, 10:08
Toşkent şahar hokimi Oppenheimer & Co. vakili bila...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
21.10.2026, 16:04
Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topsh...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdiToshkent shaha...