- Toshkentdan gapiramiz
- 19.10.2026, 17:22
Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va mavzelarning nomi hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish taklif etilmoqda
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga ayrim tuman hokimliklarining tumanlar hududidagi daha va mavzelarning nomi hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida, poytaxt aholisini Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va mavzelarning nomi hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 19-oktabr kunidan 2-noyabr kuniga qadar bildirishi mumkin.

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirko...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdiToshkent shaha...