Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Sharqshunoslik instituti, hozir — Arxeologiya markazi
Sharqshunoslik instituti, hozir — Arxeologiya markazi

Milliy arxeologiya markazi binosi (avval Sharq qoʻlyozmalari instituti, keyinroq Sharqshunoslik instituti deb atalgan) 1968-yilda Toshkentning shimoli-sharqida barpo etilayotgan Akademshaharchada qurilgan.

Meʼmorlar: L. Karash va V. Sutyagin; muhandislar: I. Shaxsuvorov, Ye. Chernыshov va G. Kalinina.

Qatʼiy yetti qavatli bino Mirzo Ulugʻbek prospekti va Darmon yoʻli koʻchalari kesishmasidagi eng koʻzga koʻringan belgi boʻlib kelgan va shundayligicha qolmoqda. Brutal beton blok milliy boʻlmagan ornament parchalari bilan bezatilgan. Qoʻlyozmalar arxivi joylashgan beshinchi va oltinchi qavatlarda umuman deraza yoʻq — bu funksional minimalizm tuygʻusini yanada kuchaytiradi.

Baland korpusning oʻng tomonida, Mirzo Ulugʻbek bogʻi boʻylab, qatʼiy uch qavatli bino ulanib turadi; uning hovli tomonida quyoshdan himoya konstruksiyalari bor. Tashqaridan yaqinda alyukobond bilan qoplangan, bu uning modernizm yodgorligi sifatidagi qimmatini pasaytirdi.

Asosiy binoning chap tomoniga beton panjaroy bilan bezatilgan konferens-zal ulangan.

Vestibyulda Chingiz Ahmarovning devoriy rasmi saqlanib qolgan, u restavratsiyaga muhtoj.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Markaziy telegraf
Markaziy telegraf

Markaziy telegraf binosi — Toshkentning eng chiroyli binolaridan biri. U Navoiy prospektida qurilga...

Chilonzor savdo markazi
Chilonzor savdo markazi

Savdo markazi — Chilonzordagi eng mashhur va ramziy joy. U 1964-yilda OʻzSSRning 40 yilligiga bagʻi...

«Vatan» kinoteatri / Milliy akademik drama teatri
«Vatan» kinoteatri / Milliy akademik drama teatri

Navoiy prospektini rejalashtirishda birinchilardan boʻlib «Rodina» («Vatan») kinoteatri binosi quri...

"Rossiya" mehmonxonasi
"Rossiya" mehmonxonasi

"Rossiya" mehmonxonasi 1965-yilda qurilgan. Me’mor — V. Muratov; muhandislar — V. Parshin va A. Iv...