- Toshkentdan gapiramiz
- 01.06.2026, 11:06
Yakkasaroy – sport va taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichga chiqmoqda
🖇 Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat infratuzilmani, balki kelajak avlod salohiyatini ham mustahkamlamoqda. Bugun tuman yangilanish sari dadil qadam tashlamoqda.
👍 Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda 2-sonli sport maktabi uchun barpo etilayotgan yangi, zamonaviy 3 qavatli bino qurilishi jarayonlari bilan joyida tanishdi.
👉 Ma’lumki, ushbu sport maktabi 1963-yilda angar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, bugungi zamon talablari va sport infratuzilmasiga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq javob bermas edi. Endilikda uning o‘rnida barcha zamonaviy talablar asosida loyihalashtirilgan, keng va qulay, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadigan yangi sport majmuasi qad rostlamoqda.
💠 Yangi bino – bu shunchaki qurilish emas. Bu – yosh sportchilar uchun munosib sharoit, sog‘lom turmush tarzi va yuqori natijalar sari yaratilayotgan mustahkam zamin.
💠 Tanishuv davomida qurilish sifati, loyiha talablari va muddatlarga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉 Mas’ullarga ishlarni yuqori darajada va belgilangan standartlarga muvofiq yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov...

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirko...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...