- Toshkentdan gapiramiz
- 14.07.2026, 11:01
Piyodalar uchun shahar siyosatining amaliy ijrosi
🎳 Avval ta’kidlanganidek, Toshkent shahri piyodalar, harakatlanish qulayligi va aholi turmush sifatini ustuvor deb bilgan holda qulay va xavfsiz shahar muhitini yaratish yo‘lida izchil harakatlanmoqda.
🚸Bu yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri — yo‘lning qatnov qismidan tashqarida zamonaviy, tartibli yerusti avtoturargohlari tizimini yaratishdir. Bu trotuarlar, piyodalar o‘tish joylari va ko‘chalarni tartibsiz qo‘yilgan avtomobillardan xoli qilish imkonini beradi.
➡️Natijada piyodalar, jumladan, alohida ehtiyojli shaxslar uchun erkin va xavfsiz trotuarlar paydo bo‘ladi. Haydovchilar esa avtomobillarni joylashtirishning tushunarli tizimiga ega bo‘lib, bo‘sh joylarni izlab qo‘shimcha tirbandlik yaratmasdan, ularni tezroq topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🅿️ Avtoturargoh infratuzilmasini raqamlashtirish bo‘sh joylarni oldindan ko‘rish, qulay yo‘nalishni tanlash hamda yo‘lni piyoda yoki jamoat transportida davom ettirish uchun avtomobilni qayerda qoldirishni bilish imkonini beradi. Buning samarasida shahar bo‘ylab harakatlanish yanada tushunarli va tartibli bo‘ladi.
📈Investorning loyihaga qiziqishi biznesning shahar tanlagan yondashuvga ishonayotganini hamda zamonaviy avtoturargoh infratuzilmasi poytaxt rivojlanishining zaruriy qismiga aylanib ulgurganini anglayotganini tasdiqlaydi.
📈Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Tegishli kelishuvni tuzish huquqi ilk bor ochiq elektron auksion orqali taqdim etildi. Lotning boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Savdolar davomida narx 293 marta oshirilib, 20,9 mlrd so‘mga yetdi — bu boshlang‘ich narxdan qariyb 16 baravar ko‘pdir.
✅Auksion g‘olibi — “ANGLESEY FOOD” MChJ shaklidagi xorijiy korxona. Investor tomonidan taklif etilgan summa bir martalik to‘lov hisoblanadi. Kelgusida unga yillik ijara haqi va Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar qo‘shiladi.
🚶 Shunday qilib, gap shunchaki avtomobillar uchun turargohlar yaratish haqida ketmayapti. Bu — piyodalar uchun shahar siyosatining amaliy ijrosi bo‘lib, bunda avtomobillar tartibli joylarni egallaydi, ko‘chalar va trotuarlar esa odamlarga qaytariladi.

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...

➡️16-iyuldan Toshkent shahar Yoshlar markazida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va kasbiy faoliyatini boshlashga ko‘...

➡️ Bugun Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov boshchiligida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar hamda kommunal ...