Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Maktablarda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahar hokimligida o‘quv markazlari rahbarlari hamda davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi, Markaziy bank, Xalq bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi hamda 30 ga yaqin o‘quv markazlari rahbarlari ishtirok etdi.

📑 Muloqotda o‘quv markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish hamda yoshlar uchun zamonaviy va qulay qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

▫️Xususan, o‘quv markazlarining umumta’lim maktablarida faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud bino va infratuzilmadan samarali foydalanish, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda maktab o‘quvchilarining ta’lim muassasasining o‘zida qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🟢Bunda ta’lim kurslarini aholiga, xususan, yoshlar uchun yanada qulay va maqbul narxlarda taklif etish, shu bilan birga, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📈Uchrashuvda o‘quv markazlari rahbarlarining taklif va muammolari muhokama qilinib, maktablarda o‘quv markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
09.10.2026, 17:17
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

😈 2026-yil 9-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy komm...

250-son DMTTda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqda
09.10.2026, 16:10
250-son DMTTda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqd...

🏢Yakkasaroy tumanidagi 250-son DMTTda joriy ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. 1992-yilda qurilgan muassasada fasad, der...

Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
09.10.2026, 09:13
Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

📈Toshkentda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish: 2027-yil uchun yangi loyihalar
08.10.2026, 15:58
📈Toshkentda ta’lim infratuzilmasini rivojlantiris...

▫️Poytaxtda aholi sonining o‘sishi va ta’lim o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yilgi Ijtimoiy va ...