Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

😈 2026-yil 9-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Odilovich Muminov fuqarolarni qabul qildi.

🏘Qabul davomida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi.

✔️Jami 7 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 5 nafar fuqaroning masalalarini hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va xodimlarga topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Ularning ijrosini ta’minlash, masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish va fuqarolarga natijalar haqida ma’lumot berish vazifasi yuklatildi.

▫️Qolgan 2 nafar fuqaroga amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tushuntirish berildi.

🟢Qabulda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda topshiriqlar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
250-son DMTTda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqda
09.10.2026, 16:10
250-son DMTTda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqd...

🏢Yakkasaroy tumanidagi 250-son DMTTda joriy ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. 1992-yilda qurilgan muassasada fasad, der...

Maktablarda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
09.10.2026, 10:01
Maktablarda o‘quv markazlari faoliyatini tashkil e...

Bugun Toshkent shahar hokimligida o‘quv markazlari rahbarlari hamda davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirokida ochiq mu...

Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
09.10.2026, 09:13
Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

📈Toshkentda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish: 2027-yil uchun yangi loyihalar
08.10.2026, 15:58
📈Toshkentda ta’lim infratuzilmasini rivojlantiris...

▫️Poytaxtda aholi sonining o‘sishi va ta’lim o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yilgi Ijtimoiy va ...