- Toshkentdan gapiramiz
- 15.10.2026, 10:55
Ishchi guruh Yakkasaroyda
🗣 Bugun Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Xabibulla Mirsoatov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman prokurori Bekzod Shamshiyev Yakkasaroy tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdilar.
🔹 O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📊 Shuningdek, mahallalar kesimida olib borilayotgan xatlov va tahlillar, fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir murojaat bo‘yicha aniq natijaga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini yanada kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Akmal Jumaboyev 1987-yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘l...

Hayot Inogamov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini...

Lazizbek Temirov 1989-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2012-yilda Toshkent davlat iqtis...

Abdulaziz Abdulkaxov 1980-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitet...