Yakkasaroy tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Olimpiya shuhrati muzeyi
Olimpiya shuhrati muzeyi

«Xalqlar doʻstligi» muzeyi binosi 1976-yilda Toshkent zilzilasining oʻn yilligiga bagʻishlab qurilgan boʻlib, «Jasorat» yodgorligi bilan yagona majmua tarkibiga kirgan. Muzey fondida Toshkentni ittifoq respublikalari qayta tiklaganiga bagʻishlangan 15 mingdan ortiq eksponat saqlangan edi.

Majmua va bino meʼmorlari — L. Adamov, S. Adilov, V. Ganiyev, Farhod Tursunov, R. Yusupov va D. Ryabichev.

Tepalikda qurilgan va stilizatsiya qilingan milliy naqsh bilan bezatilgan silindr shaklidagi bino birinchi qavat ustida goʻyo suzib turgandek koʻrinadi.

1996-yilda, Oʻzbekiston mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlab, shu binoda Olimpiya shuhrati muzeyi ochildi. Hozirda unda 2088 ta eksponat namoyish etilmoqda.

2024-yilda «Jasorat» majmuasi meʼmorlaridan biri Valeriy Ganiyev ushbu binoga Xalqlar doʻstligi muzeyini qaytarishni va Olimpiya shuhrati muzeyini boshqa joyga koʻchirishni taklif qildi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Baroqxon madrasasi
Baroqxon madrasasi

2007 yilda maqbarasi yaqin atrofda joylashgan buyuk ilohiyotchi va alloma Qaffol ash-Shoshiy shara...

Konstitutsiyaviy sud binosi
Konstitutsiyaviy sud binosi

Sobiq Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi binosi 1964-yilda qurilgan.Meʼmorlar: V....

Shayx Xovandi Tohur maqbarasi
Shayx Xovandi Tohur maqbarasi

Shayxontohur maqbarasi (Shayx Xovandi at-Tohur) shahar markazida, Alisher Navoiy va Abdulla Qodiriy...

Yaushevlar savdo uyi
Yaushevlar savdo uyi

Yaushev aka-ukalari, tatar knyaz oilasidan boʻlgan savdogarlar, 1911-yilda meʼmor I. A. Markevich ...