- Toshkentdan gapiramiz
- 10.09.2026, 09:51
Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm va savdo tizimiga kengroq jalb etish masalalari muhokama qilindi
8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi vakillari hamda hunarmandlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda oflayn va videokonferensaloqa shaklida jami 170 nafar ishtirokchi qatnashdi.
▫️Muloqot davomida hunarmandchilik mahsulotlarini turizm obyektlari, yirik buyurtmachilar va davlat xaridlari tizimiga kengroq jalb etish, ushbu mahsulotlarga barqaror talabni shakllantirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🖼Shuningdek, hunarmandlarning turizm sohasi vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish, xomashyo ta’minoti, sotuv bozorlarini kengaytirish, yirik buyurtmalarni bajarish, mahsulotlarni zamonaviy qadoqlash va brendlash bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglandi.
📈Ta’kidlanganidek, hunarmandchilik milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi ulushini kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim iqtisodiy yo‘nalish hisoblanadi.

Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinb...

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...

📚Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqi...
⛽️ 1996-yildan buyon faoliyat yuritayotgan nasos stansiyasida zamonaviy Yevropa texnologiyasiga asoslangan yangi uskunal...