- Toshkentdan gapiramiz
- 11.09.2026, 10:07
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuxammad Mirshaxidovich Mirxamidov tomonidan poytaxt aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
✔️Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan muammolar va bildirilgan takliflar atroflicha o‘rganildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida fuqarolarga qonunchilik doirasida zarur tushuntirish va ma’lumotlar berildi.
▫️Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Aniqlangan muammolarni qonuniy va adolatli hal etish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
Shaxsiy qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil etiladi.🔹 10:00–...

📚Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqi...
⛽️ 1996-yildan buyon faoliyat yuritayotgan nasos stansiyasida zamonaviy Yevropa texnologiyasiga asoslangan yangi uskunal...

8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, ...